welcome@dmo-karakalpakstan.uz

|

+998913807077

«DMO Karakalpakstan» jamoat birlashmalari qoshida turizm bo‘yicha yoshlar klubi o‘z faoliyatini boshladi!

2025-yil 13-iyun kuni Turizm yoshlar klubining birinchi yig‘ilishi DMO Karakalpakstan ofisida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus hududimizda turizmni rivojlantirishga qiziqqan faol va ijodkor yoshlarni birlashtirishga qaratilgan.

Uchrashuv DMO Karakalpakstan direktori M. Kosnazarovning tabrik so‘zi bilan boshlandi. U klubni tashkil etish maqsadi va uning Qoraqalpog‘istonning turizm imidjini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida gapirdi. Tadbir davomida “Sayohatchining xaritasi” nomli interaktiv mashg‘ulot o‘tkazildi, unda har bir ishtirokchi Qoraqalpog‘istondagi sevimli joylari va turizm rivojlanishi haqidagi orzulari bilan o‘rtoqlashdi.

Yig‘ilishda klubning missiyasi taqdim etildi: mahalliy va xalqaro darajada mintaqani targ‘ib qiluvchi, barqaror, mas’uliyatli va madaniy boy turizm kelajagini shakllantiruvchi befarq bo‘lmagan yoshlar jamoasini yaratish.

Shuningdek, klubning asosiy maqsadlari muhokama qilindi:

·       turizmga qiziqqan yoshlarni muloqot va hamkorlik uchun yagona platformaga birlashtirish;

·       ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini treninglar, master-klasslar, ekskursiyalar va stajirovkalar orqali oshirish;

·       yoshlar turizm loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish (eko-turlar, blog-turlar, madaniy marshrutlar va boshqalar);

·       Qoraqalpog‘iston turizmi yosh elchilaridan iborat jamoani shakllantirish;

·       mintaqaning turizm imidjini media va storytelling orqali targ‘ib qilish;

·       turizmning barqaror rivojlanishiga, ekologik ma’rifatga va madaniy merosni saqlashga ko‘maklashish.

Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar

Klub azolari turizm loyihalari va tadbirlari, sayohatlar, stajirovkalar, kongillilar dasturlarida ishtirok etishi, shuningdek, oz goyalari va tashabbuslarini amalga oshirishi mumkin. Yig‘ilish davomida “brainstorming” (miya shturmi) o‘tkazilib, ishtirokchilar amalga oshirishni istagan loyihalar va tadbirlar bo‘yicha takliflarini bildirishdi. Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tib, choy va qahva ustida norasmiy muloqot qilishdi hamda anketani to‘ldirishdi.

Turizm yoshlar klubining tashkil etilishi Qoraqalpog‘istonning turizm sohasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yoshlar – bu hududni rivojlantirishga yangi g‘oyalar va innovatsion yondashuvlarni olib kiradigan harakatlantiruvchi kuchdir.

Turizm yoshlar klubi yangi ishtirokchilar uchun ochiq!
Yangiliklarimiz va e’lonlarimizni kuzatib boring va bizga qo‘shiling!

🌐 www.dmo-karakalpakstan.uz
📧 welcome@dmo-karakalpakstan.uz | karakalpakstandmo@gmail.com
📞 +99897 355-07-90

Qoraqalpog'iston Respublikasini jahon turizm bozorida rivojlantirish va turistlar sonini oshirish

Bizni kuzatib boring
Biz bilan bog'laning

Republic of Karakalpakstan, city of Nukus, Sayaxatshilar street, 10/2

+998913807077

+998913849061

welcome@dmo-karakalpakstan.uz

Copyright © DMO Karakalpakstan. All Rights Reserved.